Joriy yilning 15-iyun kuni Nukus filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi assistent oʻqituvchisi K.Kojambergenova tomonidan tinglovchilarining xorijiy tillarni samarali o’zlashtirishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Role of the English language in sport ” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarga iyun oyi malaka oshirish kursi Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi yoʻnalishi tinglovchilari ishtirok etdilar.
Seminarda tinglovchilar sport sohasida foydalaniladigan soʻzlarning ingliz tilida aytilishi va yozilishini oʻrganishdi. Seminarga tinglovchilar faol qatnashdi.




