Nukus filialida ochiq dars oʻtkazildi

2023-yil 16-iyun kuni Nukus filialida iyun oyi malaka oshirish kursi “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi” yoʻnalishi II guruh tinglovchilariga “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Bisenbaev Islambek tomonidan “Jismoniy tarbiya va sportda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” moduli bo‘yicha “Jismoniy tarbiya va sportda axborot kommunikatsiya texnologiyalari tushunchasi” mavzusida ochiq dars oʻtildi.
Ochiq darsda sport sohasidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ulardan foydalanish haqida keng ma’lumotlar berildi. Tinglovchilar darsda faol ishtirok etdilar.