2023-yil 20-iyun kuni Nukus filialida iyun oyi malaka oshirish kursi “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi” yoʻnalishi III guruh tinglovchilariga “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti, b.f.bf.d. (PhD) G.Ilyasova tomonidan “Maktab oʻquvchilarining morfofunksional oʻzgarishlari” moduli bo‘yicha “Bolalar va oʻsmirlarining jismoniy rivojlanishi” mavzusida ochiq dars oʻtildi.
Ochiq darsda maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishida kuzatiladigan oʻzgarishlar haqida keng ma’lumotlar berildi. Darsda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Tinglovchilar darsda faol ishtirok etdilar.




