Nukus filialida ochiq dars oʻtkazildi

2023-yil 20-iyun kuni Nukus filialida iyun oyi malaka oshirish kursi “Kasb-hunar maktablari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi” guruhi tinglovchilariga “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi Jienbaev Baxtiyar tomonidan “Darsdan tashqari ommaviy sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish” moduli bo‘yicha “Darsdan tashqari ommaviy sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish shakllari” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.

Ochiq darsda tinglovchilarga zamonaviy ommaviy sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini rejalashtirish, ishtirokchilarni saralash va tashkil etish boʻyicha keng tushunchalar berildi. Ochiq dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Tinglovchilar darsda faol ishtirok etdilar.