2023-yil 20-iyun kuni Nukus filialida iyun oyi malaka oshirish kursi “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi” yoʻnalishi IV guruhi tinglovchilariga “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi Atashov Marat Tenelbaevich tomonidan “Harakatli oʻyinlar va uni oʻqitish uslubiyati” moduli bo‘yicha “Sport turlari elementlaridan tashkil topgan harakatli oʻyinlar” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.
Ochiq darsda tinglovchilarga harakatli oʻyinlar turlari, ularni maktab oʻquvchilariga oʻrgatish uslublari boʻyicha keng tushunchalar berildi. Ochiq darsda mavzu boʻyicha berilgan tushunchalar zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida mustahkamlandi. Tinglovchilar darsda faol ishtirok etdilar.




