O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 7-mart kuni “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan filial sport targʻibotchisi I.Baymuratov tomonidan mart oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari oʻrtasida “Badminton” va “Stol tennisi” sport turlari boʻyicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada xotin-qizlar jamoa bo‘lib bellashdilar. Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.




