O’zbekiston Respublikasi Sport vazirligining ishchi guruhi a’zosi Nukus filialida

🔷Joriy yilning 31-may kuni O’zbekiston Respublikasi Sport vazirligi bo’lim boshlig’i M.Orzikulov Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida filialning o‘quv binosida bo‘lib, tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Bundan tashqari tinglovchilar turar joyida yaratilgan sharoitlar va olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlari bilan tanishdi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko’rsatma va tavsiyalar berdi.