Joriy yilning 1- iyun kuni “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Nukus filiali xodimlari Taxiatosh tumanidagi bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalar ahvolidan xabar olishdi va bayram munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etib, bolalarga bayram sovg‘alarini ulashdi.
O‘z navbatida bolalar uyi rahbariyati, bolalarda bayram kayfiyatini uyg‘otib, beg‘ubor qalblariga quvonch bag‘ishlaganlari uchun Nukus filiali jamoasiga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.




