#seminar

Joriy yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-115-son qarori mazmun-mohiyatini tinglovchilarga tushuntirish maqsadida Nukus filialida yanvar oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun D.Bekmuratov tomonidan seminar tashkil etildi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Futbol akademiyasi texnik direktori Turdiyev Timur Aytmuratovich ushbu qarorning mazmun-mohiyati va uning bajarilishi yuzasidan yurtimizda yaratilgan shart-sharoitlar, olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil tushuntirib berildi.