Jismoniy tarbiya va sport boʼyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 7-mart kuni “8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirda filialda faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlar qatnashdilar. Filial direktori Q.Mamutov barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, ular nomiga iliq va ezgu tilaklar bildirildi, bayram munosabati bilan ularga esdalik sovgʻalari topshirildi.




