Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Ilmiy kengashi tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2025-yil 6-martdagi 368/1-son bayonnomasiga asosan, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali O‘quv, ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abatov Jumabay Baxtibayevichga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi topshirildi.
Hurmatli, Jumabay Baxtibayevich ilmiy darajangiz muborak bo’lsin, institut va filial jamoasi keyingi ilmiy ishlaringizga omad tilaydi.




