9-may Xotira va qadrlash kuni joriy yilning 8-may kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida xodimlar va malaka oshirish kurslari tinglovchilari ishtirokida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirga Afg‘on urushi qatnashchisi M.Qudaybergenov mehmon sifatida taklif qilinib ishtirokchilarga urushda boshidan kechirgan qiyinchiliklari to‘g‘risida gapirib berdi va ularga bugungi tinchligimizning qadriga etishimiz zarurligini taʼkidlab o‘tdi.
Tadbirdan so‘ng ishtirokchilar Nukus shahridagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va “Hasratli ona” yodgorligi borib gul chambarlarini qo‘yishdi. Undan so‘ng “Vatanparvarlar bog‘i”ga tashrif buyurib undagi eksponatlar bilan tanishdi.




