“Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarining mintaqaviy bosqichiga start berildi!

Prezidentimiz tashabbusi bilan butun respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida ham o‘tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri vakili sifatida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali direktori dots. Q.Mamutov ishtirok etishdi.
Ushbu bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Qarao‘zak, Chimboy, Kegayli, Bo‘zatov tumanlaridan kelgan yosh sportchilar ishtirok etib, o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyon etdilar.
Musobaqaning yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar tantanali tarzda medal, diplomlari bilan taqdirlandilar.