Joriy yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining 2025-yil 21-may 01-877 AF buyrug‘iga asosan Nukus shahar 24-son Umumta’lim maktabi o‘quvchisi S.Madreymova II darajali «Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri vakili sifatida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali direktori dots. Q.Mamutov ishtirok etdi va ko‘krak nishonini o‘z egasiga topshirdi.




