Naubaxar Mratbayevna ilmiy unvon muborak bo’lsin!

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Ilmiy kengashi tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2025-yil 8-maydagi 370/1-son bayonnomasiga asosan, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali dotsent v.b Orazbayeva Naubaxar Mratbayevnaga dotsent ilmiy unvoni topshirildi.

Hurmatli Naubaxar Mratbayevna Dotsentlik ilmiy unvoningiz muborak bo’lsin, institut va filial jamoasi keyingi ilmiy ishlaringizga omad tilaydi.