Kitob taqdimot

“Bir oyda bir kitob” loyihasi
2025 yilning 17-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali kutubxonasida iyun oyi tinglovchilar ishtirokida “Kitob taqdimot” tashkil qilindi.“Bir oyda bir kitob” loyihasi asosida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Axmedova Ezgin Kilichning “Menga baxtni ko‘rsat” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimotda tinglovchilarga kitobni batafsil tushuntirib berdi va ishtirokchilar tomonidan keng fikr-mulohazalar yuritildi. Kitob taqdimot juda qiziqarli bo‘lib o‘tdi.