#mahorat_darsi #Nukus_filiali

#


O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida malaka oshirish kursining sentyabr oyi tinglovchisi.
Urazmetov Iqbolbek Ravshanbekovich – Urganch shahar gimnastika sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi “Trampolin” sport turi boʻyicha I toifali treneri, sport ustaligiga nomzod. 2 nafar Oʻzbekiston chempioni tayyorlagan. Kasbiy faoliyati natijalariga ko’ra 92 ball to‘plagan malakali trener.
“Trampolin” sport turidan “Akrobatik sakrash” mavzusida mahorat darsi o‘tildi.
Mazkur mahorat darsida mashq davrida sakrash uchun ishlatiladigan zamonaviy texnikalar va aniqlik, sergaklik bo‘yicha tajribalar tinglovchilarga yetkazildi.