Nukus filialida hamkorlik memorandumi imzolandi

🔰2026-yil 29-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali va O‘zbekiston regbi federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida shartnoma tuzildi.

📌Tomonlar ushbu hamkorlik doirasida:

✅ Maqsadli yo‘nalishlarga muvofiq sherikchilik asosida o‘zaro ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
✅ Trenerlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyatida tashkil etishda hamkorlik qilish;
✅ o‘quv-ilmiy, o‘quv-uslubiy, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish;
✅ Ilmiy-texnikaviy yangiliklar bo‘yicha o‘zaro axborot almashish.