“Book cafe”

2026-yil 21-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish hamda yoshlar o‘rtasida mutolaa muhitini kengaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Book cafe” loyihasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
 
Tadbir davomida may oyi “Sport ta’lim muassasalarining Shaxmat 3-guruh ” tinglovchisi Ahmedov Aslon tomonidan Erix Mariya Remark qalamiga mansub “Qarizga olingan umr” nomli kitob haqida ma’lumot berildi.
Mazkur asar inson hayotining qadr-qimmati, vaqtning cheklanganligi hamda har bir lahzaning ahamiyatini chuqur his etish g‘oyalariga bag‘ishlangan. Unda og‘ir kasallik sabab hayoti xavf ostida qolgan insonning ichki kechinmalari, hayotga bo‘lgan munosabati, muhabbat va umid kabi tuyg‘ulari yorqin ifodalanadi.