Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Nukus filiali iyun oyi malaka oshirish kursi trenerlari tomonidan Nukus shahar 2-son sport maktabida mahorat darslari o‘tkazildi.
🔹 O‘zbek jang san‘ati sport turidan, Olomova Mahfuza Otanazar qizi – “ Kompleks mashqlarni o‘tkazish”;
🔹 Sinxron suzish sport turidan Fayziyeva Oydin Sabirjanovna (Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida–“Sinxron suzishda texnik va artistik mahoratni oshirish”;
🔹 Boks sport turidan Ikromov Aziz Murod o‘g‘li – “ Hujum va qarshi hujum usullarini o‘rgatish” mavzularida tashkil etildi.
Mazkur mahorat darslari davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.





