2021- yil 10-dekabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali majlislar zalida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri t.f.n N.A. Tleubergenova tomonidan «10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun» munosabati bilan maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga filialning professor o‘qituvchilari va ishchi xodimlari qatnashdi. Tadbirda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchi ekanligi haqida aytib o‘tdilar. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar madhiyamizni hurmat qilishi shart ekanligi alohida taʼkidlab o‘tildi.




