O’quv-seminar tashkil etildi

2021-yil 11-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5279-son,  PQ-5280-son, PQ-5281-son va PQ-5282-sonli qarorlarining mazmun-mohiyatini joylarda tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida o’quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Oqqulov  Abdulaziz Uralboevich, Qoraqalpog’iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlıg‘ı Zarekeev Rasul Pulatovich,  Qoraqalpog’iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosari Allanazarov Adilbek Rustamovich,  Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali direktori Mamutov Quwanıshbay Tolıbaevich va mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan sport taʼlim tashkilotlari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, instruktor metodistlar, tuman va shahar turizm va sport bo‘limi mutaxassislari bilan sport federatsiyalarining tegishli mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining orinbosari Oqqulov Abdulaziz Uralboevich ochib berdi. Shundan so‘ng Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali assistent o‘qituvchisi A.A.Xojametov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5279-sonli, “Sport-tа’lim muаssаsаlаri fаoliyatini 2025 yilgаchа rivojlаntirish Dаsturi toʼgʼrisidа”gi PQ-5280-sonli, “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi olimpiya va XVII paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ-5281-sonli, “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan joylarda olib borilayotgan ishlar haqida suhbatlashishdi. Seminar yakunida ishtirokchilarning fikr va mulohazalari tinglandi va qiziqtirgan savollariga javob berildi.