Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-yil 17-dekabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali professor-oʻqituvchilari va ishchi xodimlari oʻrtasida sportning “Shaxmat” turidan musobaqa tashkil etildi.




