“Tamaki chekishning zararli oqibatlari”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4063-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 13-ynvar kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Instituti Nukus filali “Sport fanlari” kafedrasi  assistent o‘qituvchisi Orazbayeva  Navbahor tomonidan  “Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilar” yo‘nalishi  tinglovchilariga “Tamaki chekishning zararli oqibatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.