“DAVRA SUHBATI” TASHKIL ETILDI

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida 2022-yil 22-fevral kuni 2008 yil XXIX Pekin (Xitoy) yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi va Xalqaro musobaqalarda dzyudo bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallagan dzyudo bo‘yicha sport ustasi Jjurayeva Zinura Abdukarimovna bilan “Davra suhbati” tashkil etildi. Davra suhbatiga Nukus filiali professor-o‘qituvchilari va fevral oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari qatnashdi. Davra suhbatida Zinura o‘zining sport sohasida erishgan muvaffaqiyati, tajribasi, raqiblari haqida aytib berdi. Shuning bilan birga chet davlatlarning sportga bo‘lgan eʼtibori va O‘zbekiston Respublikasida sportga bo‘lgan eʼtibor va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida aytib o‘tdilar.