Nukus filialida filialning kutubxonachisi N.Dawenova tinglovchilarining mustaqil taʼlim olishiga ko‘maklashish maqsadida mart oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilarni kutubxona fondidan joy olgan adabiyotlar, o‘quv majmualari, o‘quv qo‘llanmalar, badiiy adabiyotlar bilan tanishtirdi. Bundan tashqari Nukus filialining sportedun.uz saytida joylashgan elektron kutubxona va telegram kanalidagi https://t.me/kutubxona_malaka_oshirish kutubxonalari haqida batafsil aytib o‘tdilar.




