Joriy yilning 15-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi assistent o‘qituvchisi A.Xojametov tomonidan malaka oshirish kursiga kelgan “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” yo‘nalishi 4-guruh tinglovchilariga Livan davlatida sportning «Sambo» va «Jangovor sambo» turi bo’yicha Osiyo chempionatida ishtirok etib g‘olib va sovrindor bo‘lgan Buxoro Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvchilari Alim Murtazakulov, SHaxriyor Karimov va ularni trener o‘qituvchilar Huseyn Artikovlar bilan “Davra suhbati” tashkil etildi. Davra suhbatida tinglovchilarga Livan davlatida o‘tkazilgan Osiyo chempionati va unga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni haqida aytib berildi. Davra suhbati yakunida tinglovchilar sportchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdi va tegishli javoblarini oldi.




