O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyul kungi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi PF-169 sonli farmoni” ijrosini ta‘minlash maqsadida joriy yilning 20-iyul kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Instituti Nukus filialida yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda: O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari A.Aslanov, Suv sporti turlari bo‘yicha ROSMM direktori J.Akramov, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori I.Tursinaliyev, Nukus filiali direktori Q.Mamutov, Nukus shahar IIO FMB boshlig‘i Polkovnik Z.Zaitov, va filialning professor-o‘qituvchilari va xodimlari qatnashdi.
Majlisni filial direktori Q.Mamutov ochdi va olib bordi. Q.Mamutov uchrashuv qatnashchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o‘tdi va o‘z so‘zida davlatimizning tinchligi, osoyishta hayot kechirishi Prezidentimizning oqilona olib borayotgan siyosati, turmush tarzimizning yana-da obodlashib borayotgan bir payitda, ko‘p asrlik hudud har qanday davlatning asosiy belgilaridan biri hisoblanib, davlatlarning xududiy yaxlitligi tamoyili xalqaro huquqning eng muhim prinsiplaridan biri ekanligini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari A.Aslanov so‘zga chiqib so‘ngi vaqtlarda uzoq va yaqin xorij davlatlarida, jumladan, Qozog‘istonda, shuningdek Tojikistonning Tog‘li Badaxshon hududidagi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar va ayirmachilik harakatlari haqida aytib o‘tib barchani hushyorlikka chaqirdi.
Nukus shahar IIOFMB boshlig‘i Polkovnik Z.Zaitov Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarda tashqi buzg‘unchi kuchlarning ishtiroki haqida aytib, ommaviy tartibsizliklarning kelib chiqishida mamlakat tashqarisida faoliyat yuritayotgan, so‘nggi yillarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on-yashiq maʼlumotlarni tarqatish yo‘li bilan vaziyatni beqarorlashtirmoqchi bo‘lgan shaxslarning taʼsiri katta bo‘lganligini takidlab o‘tdilar.
Yig‘ilish yakunida barcha qatnashchilarga oylalariga tinchlik –omonlik tilab, kelgusida hushyorlikka chaqirdi va tegishli xodimlarga topshiriqlar berildi.




