BUXORODA MAHORAT DARSLARI TASHKIL ETILDI “Jiu-jitsu”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyul kungi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil oktabr oyida Nukus filiali tomonidan Buxoro shahrida  tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilariga kasbiy faoliyati natijalarini baholash mezonlari bo’yicha 85 va undan yuqori ball to’plagan malakali trenerlar Mijgona Fayzieva, Anvar Xamdamov, Zafkiddin Iskandarov, Farrux Rajabov, Saxobiddin SHamsiddinov va Dostonlar Xotamovlar tomonidan 18-oktabr kuni “Jiu-jitsu” sport turi bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Mahorat darsiga “Jiu-jitsu” sport turi bo‘yicha tinglovchilar va sportchilar qatnashdi.