O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida seshanba va juma kunlari sport kunlari deb belgilangan. Shu munosabat bilan filial xodimlari va malaka oshirish kurslari tinglovchilari bilan birgalikda «Ertalabki badantarbiya» mashg‘ulotlari o‘tkazilib boriladi.




