Joriy yilning 16 noyabr kuni Nukus filialida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Instituti “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri, p.f.n., professor Jumanov Ortugmat Sangilboyevich va kafedra professori, p.f.n Talipdjanov Asqar Imamdjanovichlar bilan filial professor o‘qituvchilari va noyabr oyida malakasini oshirayotgan tinglovchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda sport sohasiga oid masalalar bo‘yicha tushunchalar berildi va tinglovchilarning takliflari, fikr- mulohazalari tinglandi.




