Joriy yilning 1- dekabr kuni Nukus filiali «Sport psixologiyasi, ijtimoiy – tabiiy fanlar» kafedrasi mudiri t.f.n A.N.Tleubergenova tomonidan filial xodimlari va dekabr oyida malakalarini oshirayotgan tinglovchilarga «Sport psixologiyasi, ijtimoiy – tabiiy fanlar» kafedrasi mudiri N.Tleubergenova tomonidan “1 dekabr – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” bayrami munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Qoraqalpoq tilining kelib chiqish tarixi va davlat tili davlat tili maqomi berilishi haqida aytib o‘tildi.




