Osiyo va jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Sohadagi Olimpiada, Osiyo va jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari ishtirokida muntazam ravishda uchrashuvlar, mahorat darslari, davra suhbatlari tashkil etish maqsadida Nukus filialida joriy yilning 10-dekabr kuni Dzyudo sport turi bo‘yicha Olimpiada sovrindorlari, Osiyo va jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari Abdulla Tangriyev Tovashevich va Rishod Rashidovich Sobirovlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Ushrashuvni onlayn tarzda boshqa filial xodimlari va malaka oshirish kurslari tinglovchilari tomosha qilishlari uchun imkoniyat yaratildi. Ushbu uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.