Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 20-dekabr kuni «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi assistent oʻqituvchisi A.Xojametov tomonidan dekabr oyi “Dzyudo” guruhi tinglovchilariga “Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi”ning dzyudo zalida “Tanlangan sport turini oʻqitish uslubiyati» modulidan koʻchma mashgʻulot tashkil etildi. Koʻchma mashgʻulotda tinglovchilarga dzyudo sport turi boʻyicha malakali trener Z.Jiemuratov tomonidan sportchilarning sport bilan shugʻullanish jarayoni va professional sportchiga aylantirish sirlari haqida tushunchalar berildi.




