Nukus filialida joriy yilning 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazovning tavallud topgan kuni munosabati bilan «Sport psixologiyasi, ijtimoiy – tabiiy fanlar» kafedrasi mudiri N.Tleubergenova tomonidan filial xodimlari va dekabr oyi malaka oshirish kurslari tinglovchilariga “O‘zbekiston Respublikasi qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazov 75-yoshda” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Musa Tajetdinovich Yerniyazovning hayoti va jamiyatimiz, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimiz uchun zarur bo‘lgan muhim qonunlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘lida fidoyiliklari haqida aytib o‘tildi.



