Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Joriy yilning 27-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali va “O’zbekiston yengil atletika federatsiyasi” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tomonlar ushbu hamkorlik doirasida:
✅tomonlarni ilmiy, o‘quv-uslubiy, pedagogik ish faoliyatlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish;
✅tomonlarni qiziqtiruvchi ilmiy-texnikaviy yangiliklar bo‘yicha o‘zaro axborot almashish;
✅tomonlarni mutaxassislari va professor-o‘qituvchilarining o‘zaro tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish hamda malakali mutaxassislarni mashg‘ulotlarga jalb etish kabi ishlari yuzasidan birgalikda ishlash boʻyicha kelishib olishdi.