Nukus filialida “Davra suhbati” tashkil etildi.

Joriy yilning 28-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida, filial xodimlari va yanvar oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Sambo” sport turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan trener Sansizbay Reymbayevich Yusupov bilan onlayn tarzda “Davra suhbati” tashkil etildi. “Davra suhbati” da Sansizbay Reymbayevich Yusupov ishtirokchilarga o‘zining umr yoli va yutuqlari haqida aytib berdi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.