O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyul kungi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institut Nukus filiali fevral oyi malaka oshirish kursi tinglovchilariga kasbiy faoliyati natijalarini baholash mezonlari bo’yicha 85 balldan yuqori ball to’plagan “Voleybol” sport turi bo‘yicha malakali trener Ormashov Batirbay Muptillaevich tomonidan 15-fevral kuni “Voleybol” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsiga “Voleybol” sport turi bo‘yicha tinglovchilar va sportchilar qatnashdi.




