«8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni»

7-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institute Nukus filialida «8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni» bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirni filial direktori Q.Mamutov ochib berdi va filialda faoliyat yuritayotgan barcha xotin qizlarni bayram bilan tabrikladi.
Tadbirga Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori I.Tursunaliyev va O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Amonov, Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Z.Rasulovlar onlayn tarzda ishtirok etishdi va bayram tabriklarini va tilaklarini bildirdi.
Tadbir yakunida filialda faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlar nomiga samimiy tilaklar bildirildi va bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.