I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Joriy yilning 10-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi assistent o‘qituvchisi A.Xojametov tomonidan mart oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga sayohat tashkil etildi.
I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi – Respublikadagi yirik muzeylardan; Nukus shahrida 1966 yilda tashkil topgan, 1984 yildan N.V.Savitskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga I.Savitskiyning sa’y-harakati va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy san’ati asarlari negizida asos solingan.