Nukus filialida amaliy mashgʻulot darsi tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 11-mart kuni «Shaxmat-shashka» guruhi tinglovchilari uchun «Musobaqa va o’quv-mashg’ulot faoliyati» moduli oʻqituvchisi A.Xojametov tomonidan «Shaxmat» xonasida amaliy mashgʻulot darsi tashkil etildi. Mashgʻulot jarayonida tinglovchilarga Shaxmat sport turi boʻyicha musobaqa oʻtkazish va hakamlik qilish qoidalari boʻyicha tushunchalar berildi.