Bayram munosabati bilan sport musobaqasi tashkil etildi.

Navro’z-yangilanish va yasharish ayyomi. Navro’z ayyomini yurtimizning barcha hudud va mintaqalarida har tomonlama chuqur tayyorgarlik bilan kutib olinmoqda. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida ham bayram tadbirlari alla qachon boshlanib ketgan. Joriy yilning 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30- oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida va “21-mart Umumxalq Navro‘z bayrami” munosabati bilan filial sport targʻibotchisi A.Shilmanov tomonidan filial xodimlari va mart oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilar oʻrtasida “Voleybol” sport turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.