O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyul kungi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institut Nukus filiali mart oyi malaka oshirish kursi tinglovchilariga kasbiy faoliyati natijalarini baholash mezonlari bo’yicha 100 ball toʻplagan “Futbol” sport turi bo‘yicha malakali trener Shamshadinov Abbaz Urazgalievich tomonidan 18-mart kuni Nukus shahar “Turon” stadionida “Futbol” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsiga “Futbol” sport turi bo‘yicha tinglovchilar va sportchilar qatnashdi.




