“9-APREL QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI KUNI” GA BAGʻISHLANGAN DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI
2023-yil 7-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan 9-aprel Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yillik bayrami munosabati bilan “IQBOL, BAXTIM – KONSTITUTSIYAM!” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatini kafedra mudiri N.A.Tleubergenova boshlab berdi. Davra suhbatiga Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti “Milliy gʻoya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri, dotsent E.Tileuov va filialning yurist-maslahatchisi K.B.Seytmuratovlar taklif qilindi.





