Joriy yilning 18-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali aprel oyi malaka oshirish kursi “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi” 1-guruh tinglovchilari bilan “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Xojametov tomonidan “Qaraqalpaqstan Respublikası tariyxı hám mádeniyatı” muzeyiga sayohat tashkil etildi. Tinglovchilar muzeyga qo‘yilgan eksponatlar va qadimiy davrda foydalanilgan uy buyimlari, jihozlari bilan yaqindan tanishdi.




