Joriy yilning 27-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi v.v.b dotsent b.f.b.f.d (PhD) Ilyasova Gulnora Kenesbaevna tomonidan “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” IV guruhiga Maktab oʻquvchilarining morfofunktsional oʻzgarishlari modulidan, “Morfofunktsional oʻzgarishlar tushunchasi” mavzusida ochiq dars o‘tildi.
Ochiq darsda maktab yoshidagi bolalarning organizmida boʻlib oʻtadigan oʻzgarishlar haqida keng tushunchalar berildi.




