Joriy yilning 28-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsent v.v.b A.Shilmanov tomonidan “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” V guruhiga Pedagogik amaliyot modulidan, “Pedagogik amaliyotning mazmun-mohiyati va uni tashkil etishni takomillashtirish borasidagi taklif va mulohazalar” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Ochiq darsda maktab oʻquvchilariga jismoniy tarbiya fanini oʻtishda nimalarga eʻtibor qaratish kerakligi va dars tahlili boʻyicha keng tushunchalar berildi.




