Nukus filialida «Interaktiv davlat xizmatlari» mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida professor-o‘qituvchilar va xodimlaring axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishini ta’minlash maqsadida 4-may kuni «Interaktiv davlat xizmatlari» mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (id.egov.uz) ro‘yxatdan oʻtish, interaktiv davlat xizmat turlari va ulardan foydalanish boʻyicha ma’lumotlar berildi.