Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali rahbariyati 9 – may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan bir qator faxriylar ahvolidan xabar olishdi.
Sport sohasida faoliyat yuritgan pedagog, ustoz, Mehnat faxriysi, O‘zbekiston sport faxriysi Shilmanov Perdebay Shilmanovichning uyiga borib ustoz bilan hamsuhbat boʿlishdi.
Bundan keyin 1-darajali Mehnat faxriysi Taumuratov Naurizbayning ahvolidan xabar olishdi. N.Taumuratov suhbat chog‘ida yoshlik davrlarining urush yillariga toʿg‘ri kelganligi, o‘sha davrdagi ko‘rgan qiyinchiliklari, Moʿynoq tumanidagi baliq zavodida Front ortida xizmat qilganligini eslab aytib berdi.




