Nukus filialida «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan seminar tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri t.f.n N.Tleubergenova tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari yoʻnalishi tinglovchilari uchun 9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan seminar tashkil etildi.

Seminarda N.Tleubergenova oʻz soʻzida Xotira va Qadrlash kunini munosib nishonlashdan koʻzlagan bosh maqsadimiz – Vatan himoyachilarini xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarning, tinchlikning qadriga yetish, urushni qoralash, tinch-osoyishta yashayotganimiz, turmush farovonligini ta’minlash uchun ter toʻkib, unumli mehnat qilayotganimizning shukronasini qilishimiz zarurligini aytib oʻtdi.